Kitoblar


Netay qissasi



Savr oylarining uzluksiz yomg‘irlari ko‘katlarni qulog‘idan tortib chiqargan. Havo musaffo. Quyosh yig‘ilar so‘ngidan kulgan qiz kabi shabnamli kipriklari bilan ko‘k o‘rtasidan mo‘ralaydi.
Navro‘ziy bedanalarning paydar-pay sayrashlari ko‘klam keliniga: «Xushvaqt, xushvaqt...»—deb chuchut otadi.
Qish bo‘yi to‘kmada qo‘r to‘kkan yigitlar kurash olg‘uday bir maydon qidiradilar.
Faqat Andreevskiy (Poyqovoq) ko‘chasi uchun yilning har to‘rt mavsumida ham ko‘klam. Uning o‘ziga ayrim quyoshlari bor. Uning bedanalari uzluksiz sayroqi, yigitlari har qachon bir-birovlari bilan kuch sinashadi...
U sho‘x. U har qanday bahradan, har qanday tashvishdan xabarsiz yashaydi. Uning o‘ziga maxsus bahrasi, o‘ziga maxsus tashvishi bor.

To'liq

Shum bola qissasi



Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida, mahkamaning boshida Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi bo‘lib, unda grammofon chalinadi. Turli-tuman plastinkalar orqali To‘ychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdulaziz va Farg‘ona yallachi xotinlari ketma-ket maqomlar, yallalar, ashulalar aytadi. Choyxonada joy yetishmaydi. Choyxonada joy yetishmaydi. Uzun rasta, juhud rasta, attorlik va boshqa rastalarning boyvachchalari savdodan bo‘sh vaqtlarida bu choyxonaga yig‘ilib, mehmonxonalardek o‘rtada katta barkashlarda qand-qurs, pista-bodom, murabbo, nisholda, obinon, shirmoy nonlar bilan shamaloq bezatilgan darturxon atrofida chaqchaqlashib o‘tirishadi.

To'liq

Mening o‘g‘rigina bolam



Otamizning o'lganiga anchagina yil o'tib ketdi. Bu yil - o'n yettinchi yilning ko'klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo'lib qoldik. Biz to'rt yetimdan xabar olib turishga katta onam - onamning onalari Roqiyabibi kelib turibdilar. Bu kishini biz erkalab «qora buvi» deb ataymiz. Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto'da[1] ko'rpa-yostiqlarga o'ralib, bittagina O'ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz. Sentabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina salqin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketganmiz. Oatorda eng so'nggi bo'lib, ona chumchuqday qora buvim yotardilar, u kishi saksondan oshib ketgan, noskash kampir edilar.

To'liq

Afandi o’lmaydigan bo’ldi



Афанди даладан бир эшак ўтин териб, шаҳар бозорига олиб тушиб, уч мирига сотди. Қишлоққа қайта туриб йўл-йўлакай эшак қадамидан зерикиб, ўша уч мирилик кумуш тангани ўйнаб келар эди: тангани ўнг бош бармоғининг устига қўйиб чертиб юборар, чап қўлининг кафтида илиб олар, яна чап бош бармоғи тирноғига қўйиб чертиб юборар, ўнг кафти билан илиб олар эди. Танганинг бир томонида подшолик муҳри, иккинчи томонда «Ҳоқон ибни Ҳоқон Султон Сулфиддинхон Ғозий» деб ёзилган тамғаси бор эди.

To'liq

Tirilgan murda



Mamajonga ota qadrdoni bo'lgan chollarning nasihatlari ta'sir qilmay, meros hosil, yarim tanob yer, yarim buzilgan qo'rg'onchani ham qo'ldan chiqarib, qishloq choyxonasi, mozor dahmasi, Mirjalol quruq xonadonida xor-u zorlikda umr kechiradi. Bir qarashda uni odamlar tamomila unitib qo'yishmaganday, qo'shni oshi chiqarishdan tortib, nasihatlargacha qilishgan, astoydil achinishganday tuyuladi. Biroq achinish bilangina inson hayotda o'z o'rnini topib ketishi amrimaholdir. O'z heshlaridan tortib, samavarchiyu boygacha nimaningdir evaziga unga "saxovat" ko'rsatishadi. Bu munosabatlarda insoniy samimiyat, bag'rikenglik unchalik yetishmaydi. Mamajon esa taqdir odami.

To'liq

Yodgor



Yozning qiziq kunlari. Egnimda yelvagaygina, ko‘ksi ochiq, yoqasiga pilta otgan surp yaktak. Boshimda chust do‘ppi, belimda shohi qiyiq, oyog‘imda nimposhna xrom etik. Uzun, tor bog‘ko‘chalarning birida ketmoqdamay. Zeriktiruvchi tuproqli ko‘cha jimjit. Daraxtlarning soyasi o‘z atrofidan bir qadam nariga siljimay tik turadi. Baland-baland so‘qir paxsa devorlar osha, ko‘cha tomonga shaftoli, olhirot, ba’zan aymoqi tog‘uzumlar osilib tushgan. Har o‘n-o‘n beshqadamda kuchani cho‘rt kesib — bir tomondagi qo‘rg‘onchadan chiqib, ikkinchi tomondagi qo‘rg‘onchaning paxsasi tagiga kirib ketayotgan ko‘priksiz mayda ariqlar uchraydi. Pashsha uchmagan tilsiz ko‘chadan ketib bormoqdaman. Boradigan yerim hali uzoq. Mayda yallalar kuylab ko‘raman. Biroq, ashulaning ayrim bandlari havoning issiqligida erib ketganday avjsiz, lazzatsiz.

To'liq

Bo‘z bola



Boy bolasi yo‘qligidan kecha-kunduz qayg‘urib, yegan-ichganida halovat yo‘q ekan. Ziyorat qilmagan mozori, aziz-avliyolari qolmabdi. Oxirida xotin ikkiqat bo‘lib, bir o‘g‘il tug‘ibdi, oydek bola ekan. Boy suyunganidan ikki kecha-kunduz to‘y-tomosha qilib butun yurtga osh beribdi. To‘yga yig‘ilganlar bolaga Bo‘z bola deb ot qo‘yibdilar. Bo‘z bolaning beshik to‘yi kuni onasi dunyodan ko‘z yumibdi. Boy bir yaxshi enaga topib kelib, bolani o‘z uyida boqtiribdi. Shu kunlarda bir yaxshi ko‘radigan davlat boshi echkisi tug‘ib, u echkining bolasi o‘lgan ekan. Bo‘z bolani shu echki suti bilan boqibdilar. Echki har kuni daladan o‘tlab-o‘tlab kelib, sut berib ketar ekan. Shu sut bilan bolani boqishar ekan. Bo‘z bola tez kunda ulg‘ayib, katta bo‘lib, tili chiqibdi. Bo‘z bola ikki yashar bo‘lganda boy ikkinchi xotin olibdi.

To'liq

Sen Yetim Emassan



Sen yetim emassan, Tinchlan, jigarim.
Quyoshday mehribon
Vataning-onang,
Zaminday vazminu
Mehnatkash, mushfiq
Istagan narsangni tayerlaguvchi
Xalq bor- otang bor.
Cho’chima, jigarim,
O’z uyingdasan,
Bu yerda
Na g’urbat, na ofat, na g’am.
Bunda bor: harorat, muhabbat, shafqat
Va mehnat nonini ko’ramiz baham,
Sen yetim emassan,
Uxla, jigarim.

To'liq

Vaqt


G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olgulik muddat –
Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik.

Yashash soatining oltin kapkiri
Har borib – kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o’z qo’rasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Yarim soat ichida tug’ilib, o'sib,
Yashab, umr ko’rib, o’tguvchilar bor;
Ko’z ochib yumguncha o’tgan dam qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

To'liq

Sog'inish


Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek,
Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O’zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh,

Uzilgan bir kiprik abad yo’qolmas,
Shunchalar mustahkam xonai xurshid.
Bugun sabza bo’ldi qishdagi nafas,
Hozir qonda kezar ertagi umid.

Xoki anjir tugab, qovun g’arq pishgan,
Baxtli tong otar chog’ uni kuzatdim.
Bir mal’un gulshanga qadam qo’ymishkan,
Joni bir jondoshlar qolarmidi jim.

To'liq